Yunusobod tumanidagi ayrim yo'l qismlari bir oyga yopiladi
16 mart kuni soat 08:00 dan bir oy davomida yo'l ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ayrim yo'l qismlari harakatlanish uchun yopiladi.
Jumladan:
- Ahmad Donish ko'chasining ikkilamchi yo'li, Anorzor ko'chasidan Amir Temur shoh ko'chasigacha bo'lgan qismi;
- Amir Temur shoh ko'chasi yaqinidagi qaytish yo'li;
- Ahmad Donish ko'chasining ikkilamchi yo'li, Amir Temur shoh ko'chasidan Moyqo'rg'on ko'chasigacha bo'lgan qismi.
Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo'lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo'llardan foydalanishlarini tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60700 | Инструменты