Huawei 1
15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlarining kumush medaliga sazovor bo’ldi

Para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. 

Quvonarlisi, ushbu yo’nalishda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, Shahina Yigitaliyeva delegatsiyamiz tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. Iste’dodli para atletimiz 2008-yil 16-oktyabrda tavallud topgan.

Afsuski, ushbu yo’nalishda qatnashgan yana bir vakilimiz Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o’rinni egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91615 | Инструменты