“Asaka bank” tashkil topganligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Rahbar kubogi” futbol musobaqalari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan, jumladan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi musobaqalarni o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi.
Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-20-sentyabr kunlari At “Asaka bank” tomonidan bank tashkil topganligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Rahbar kubogi” futbol musobaqalari o‘tkazildi. Unda 22ta mintaqaviy filial hamda bosh ofis jamoalari ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Taʼkidlash kerak, Farmonga muvofiq “Rahbar kubogi” musobaqalarini istalgan korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari o‘rtasida o‘tkazishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90300 | Инструменты