Mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) fransiyalik Devid Spilmont (16-8-1, 11 KO) bilan jangi oldidan ilk bor fikr bildirdi.
"Professional faoliyatimning keyingi bosqichida ekanimdan juda xursandman. 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanim sharafini himoya qilgan bo‘lsam, 2025-yilda superog‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishni rejalashtirganman. Men uchun bu bosqich 6-fevral kuni Monrealdan boshlanadi", dedi Jalolov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты