Huawei 1
Bivol Beterbiyevga qarshi jangdan 30 mln dollar gonorar ishlab oladi

12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning markaziy jangida yarimog‘ir vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi, rossiyalik Dmitriy Bivol WBC, WBO hamda IBF yo‘nalishlaridagi chempion hamyurti Artur Beterbiyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Maʼlum bo‘lishicha, Bivol mazkur jang orqali 30 mln dollar gonorarga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy o‘zining so‘nggi jangini 1 iyun kuni misrlik Malik Zinadga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92323 | Инструменты