2025-yil 10-iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri doirasida navbatdagi yirik sport va turizm tadbiri – “Farhod Challenge Strongmen Festival”i bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida “Pahlavonlik fenomeni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etildi. Foto: Uzreport.news
Unda Jaloliddin spektaklidan sahna ko‘rinishi, Milliy kurashimiz tarixi, Turkiy xalqlarda Alp tushunchasi, tarixiy sarkardalarimiz obrazini kinoda va tasviriy san’atda yaratish, xalq o’yinlari bo‘yicha tahlillar, bolalar uchun m illiy kontent va multiklar yaratishda qahramonlar siymosi kabi mavzularda ekspertlarning izlanish va tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.Foto: Uzreport.news
Bu festival nafaqat sportchilar kuchini sinovdan o‘tkazdi, balki Alisher Navoiyning mashxur asari qahramoni, kuchi va elparvarligi bilan tanilgan afsonaviy Farhod siymosiga ehtirom sifatida – musobaqaning nomi va asosiy kubogi haykalchasi yaratildi.Foto: Uzreport.news
Ma'lumot uchun, 11-iyun kuni ishtirokchilar qadimiy Xiva shahriga yo‘l olishadi. U yerdagi Prezidentimiz tomonidan yaqinda rasmiylashtirilgan Arva Xiva majmuasida Beshinchi xalqaro “Pahlavon Mahmud Strongmen Games” musobaqalari bo’lib o’tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82817 | Инструменты