O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mahmud Murodov (26-8) jangchilari ro‘yxatidan chiqarildi.
Jangchining o‘zi bu holatdan hayratda ekanligini bildirdi.
«Bu xabar meni biroz larzaga keltirdi, menejerga yozdim, ko‘ramiz nima bo‘ladi... Barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Sabablarini hozircha bilmayman, bilsam, sizga xabar beraman. Hozircha bu haqiqat, men endi UFC jangchisi emasman», dedi Mahmud Murodov.
Vaziyat chindan g‘alati, chunki mart oyida Murodov o‘zining instagram sahifasida keyingi 4 ta jang uchun UFC bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi. Biroq u yaqinda infeksiya tufayli Mishel Pereyra bilan UFC 301 doirasidagi rejalashtirilgan jangidan voz kechishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov 2019-2024 yillar davomida UFCda yettita jang o‘tkazib, 4 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Uning so‘nggi jangi ko‘z jarohati tufayli o‘tkazilmagan deb topilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты