Huawei 1
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

UFC‘da faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev o‘zi aytganidek, yana bitta jang o‘tkazib O‘zbekistonga qaytadigan bo‘ldi.

Maʼlum bo‘lishicha, hamyurtimiz 16 avgust AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Bu haqda Nursultonning menejeri Instagram sahifasidagi jonli efir davomida aytib o‘tgan. Bundan tashqari, Nursulton Ro‘ziboyevning o‘zi ham Instagram‘da shunga ishora qildi.

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas. 31 yashar andijonlik sportchi so‘nggi bor 19 may kuni Las-Vegas mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida germaniyalik Dastin Stolsfusni ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etgandi.

Taʼkidlash joiz, UFC 319 turnirining markaziy bellashuvi o‘rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat Chimayev o‘rtasida kechadi. Ro‘ziboyev ham UFC‘da aynan o‘rta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60622 | Инструменты