1-2 fevral kunlari Fransiya poytaxti Xalqaro dzyudo federatsiyasining 2025 yilgi mavsum taqvim rejasidan o‘rin olgan ilk musobaqa - Parij “Katta Dubulg‘a” turniriga mezbonlik qildi.
Ushbu turnirda O‘zbekiston delegatsiyasidan 3 nafar dzyudochi qatnashdi. Bular: -60 kg vazn toifasida Bahrom Boturov, -73 kg vazn toifasida Shahram Ahadov, +100 kg vazn toifasida O‘tkirbek To‘raboyev.
-60 kg vaznda musobaqaga kirishgan Bahrom Boturov yakunda bronza medaliga ega chiqdi. -73 kg vaznda tatamiga chiqqan Shahram Ahadov finalga qadar yetib bordi va yakuniy bosqichda kosovalik raqibini mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi. +100 kg vazndagi sportchi O‘tkirbek To‘raboyev ilk turda mezbon vakiliga mag‘lub bo‘ldi. O‘tish turnirida esa yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Shu tariqa, Parijdagi nufuzli turnirda O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini jamg‘arib, umumiy jadvalda 7-o‘rinni qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20320 | Инструменты