U yana bir bor dunyo ahlini lol qoldirdi
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan o'zbekistonlik gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina yana bir karra dunyo ahlini hayratga solib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Yaqinda 47 yoshga qadam qoʻyadigan Chusovitina tayanib sakrash mashqi boʻyicha oʻtkazilgan final bahslarida 13,266 ball bilan 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Vengriya vakilasi Mariya Ksenje Bakskay hamda sloveniyalik Tesha Belak qoʻlga kiritishdi.
Jami toʻrt bosqichdan iborat boʻlgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ularda ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston sport gimnastikasi faxri boʻlgan Oksana tayanib sakrash yoʻnalishida Jahon kubogi sohibasiga aylandi. Taʼkidlash joiz, ushbu yoʻnalishda Chusovitinaga teng keladigan raqib topilmadi. Bundan tashqari Chusovitina qimmatli reyting ochkolarini ham qoʻlga kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62705 | Инструменты