Huawei 1
Olimpiadada ilk jahon rekordi qayd etildi

Janubiy koreyalik sportchi Si Xyon Lim ayollar o‘rtasida klassik kamondan otish bo‘yicha tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.

25-iyun kuni ushbu yo‘nalish bo‘yicha individual turnirning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 21 yoshli Lim 72 zarbadan so‘ng 694 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalgi jahon rekordi (692 ball) Janubiy Koreyaning yana bir vakili – Kan Che Yonga tegishli edi. Bu yutuqqa besh yildan sal ko‘proq avval erishilgandi. 

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan kamondan otish bahslarida jami 64 nafar sportchi ishtirok etdi. Ular 1/32 finaldan boshlab pley-offda kurashni davom ettiradilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты