Huawei 1
Ravshan Ermatov MOQ vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

Bugun, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari saylov yig'ilishi o'tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo'mitasi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat edi.

Yig'ilishda Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati, sport turlari bo'yicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi vitse-prezidentligiga Irmatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash a'zolari tomonidan R.Irmatov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi va saylandi.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o'zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga