Huawei 1
Shahram G‘iyosov 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Hozirgina yakuniga yetgan jangda hamyurtimizga meksikalik Migel Parra (22-4-1) raqiblik qildi.

O‘n raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda hamyurtimiz hakamlarning ayri qarori bilan g‘alaba qozondi. Hakamlarning ikki nafari Shahram, yana biri raqibning g‘alaba qozonganini qayd etgan.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov prof ringdagi 16-jangida ham g‘alaba qozondi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты