Huawei 1
Shaxmat federatsiyasi hamda isteʼdodli shaxmatchilarimiz oʻrtasidagi muammoli vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Shaxmat federatsiyasi hamda isteʼdodli shaxmatchilarimiz oʻrtasida muammoli vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Soʻnggi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlar va koʻplab ommaviy axborot vositalarida oʻzbekistonlik iqtidorli shaxmatchilar bilan mamlakat shaxmat federatsiyasi oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammoli holat yuzasidan bir qator yangiliklar eʼlon qilindi.

Jumladan, oʻzbekistonlik eng iqtidorli shaxmatchi qizlardan boʻlmish Gulruhbegim Tohirjonova 2020-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda AQSH nomidan ishtirok etishga qaror qilganligi, oʻz navbatida dunyoning eng yosh grossmeysterlaridan biri, turli yosh toifalarida 6 karra jahon chempioni Javohir Sindorovning daryo.uz saytida Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan shaxmatchilarga nisbatan munosabat ijobiy tomonga oʻzgarmasa, oʻz federatsiyasini almashtirishi mumkinligi haqida bergan intervyusi ham juda koʻplab yurtdoshlarimizning eʼtirozlariga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi sanaladi. Shu sababli Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda mamlakatimizning eng iqtidorli shaxmatchilari oʻrtasida yuzaga kelayotgan ushbu muammoli vaziyatga befarq qarab turmaymiz.

Shu maqsadda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati mavjud vaziyatni xolisona oʻrganish va muammoga adolatli yechim topish maqsadida G.Tohirjonovaning otasi Alisher Moʻminov bilan uchrashdi. Unda Gulruhbegimning bunday qaror qabul qilishiga nima sabab boʻlganligi, isteʼdodli shaxmatchi Oʻzbekiston terma jamoasiga qaytarilishi, xalqaro maydonlarda jonajon Vatanimiz bayrogʻini himoya qilishga tayyorligi kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, yosh va umidli shaxmatchimiz J.Sindorovning bobosi Komil Sindorov va yana bir qancha shaxmat mutasaddilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning dardi tinglandi. Shaxmatchilarning oilasi va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bilan oʻzaro munosabatlari oʻrganildi.

Taʼkidlash kerak, Gulruhbegim Tohirjonova, Javohir Sindorov kabi umidli sportchi yoshlar Hukumatimiz va xalqimizning doimiy eʼtiborida" - deyiladi bayonotda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61909 | Инструменты