Huawei 1
Shaxmat. Nodirbek Adusattorov Parijdagi turnirda Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa pley-off bosqichining javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Jumladan, 1/4 finaldan o‘rin olgan Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen uchrashuvida durang qayd etildi.

9-aprel kuni o‘tkazilgan ilk uchrashuvda esa Karlsen oq donalarda g‘alabaga erishgan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1,5:0,5 hisobida g‘olib bo‘lgan Magnus 1/2 finalga yo‘l oldi. 

Endi Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rin uchun kurash olib boradi. Bunda Abdusattorovga fransiyalik Maksim Vashye-Lagrav raqib bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты