Singapurda shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan «Singapore international open» turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi aʼzolari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
34 ta davlatdan 300 nafarga yaqin mahoratli shaxmatchi ishtirok etayotgan musobaqaning kecha bo‘lib o‘tgan 3-tur o‘yinlarida shaxmatchilarimizdan Guldona Karimova oq donalarda singapurlik Alessio Valsekkini, Marjona Malikova oq donalarda vetnamlik Nguyen Thi Minhni, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva oq donalarda angliyalik Gopakumar Siddxartni mag‘lub etdi.
Terma jamoamiz aʼzolaridan Barchinoy Shokirjonova va Asal Salimova 3-turda durangga erishgan bo‘lsa, Umida Omonova hamda Nodira Nodirjonova imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты