Koreya Republikasining Chuncheon shahrida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi.
-45 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor boʻldi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15, 14:6) hisobida magʻlubiyatga uchratishga erishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты