Tailandda o'tkazilgan boks boʻyicha “Chempionlar oqshomi” janglarida 3 nafar bokschilarimiz ham g'alaba qozonishdi

Tailandning Pxuket shahrida boks boʻyicha “Chempionlar oqshomi” janglari oʻtkazildi. Xabar berganimizdek, unda uch nafar sportchimiz Hasanboy Doʻsmatov, Mujibillo Tursunov hamda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ringga koʻtarildi. Qiziqarli bellashuvlarda sportchilarimizning barchasi gʻalaba qozonishdi.

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov (Oʻzbekiston) - Martin Molina Salvador (Ispaniya);

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (Oʻzbekiston) - Muhammedsabir Bazarbay Uulu (Qozogʻiston);

-71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (Oʻzbekiston) - Dulat Bekbauov (Qozogʻiston).

 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22706 | Инструменты