Huawei 1

Turkiyaning Konya shahridagi V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi o'z yakuniga yetdi.

Unda 24 ta sport turida 268 ta sportchi bilan qatnashgan Oʻzbekiston delegatsiyasi 51ta oltin, 42ta kumush va 65ta bronza — jami 158ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.

Kuchli oʻnlik quyidagicha koʻrinish oldi:

1. Turkiya: 145-107-89
2. Oʻzbekiston: 51-42-65
3. Eron: 39-44-50
4. Ozarbayjon: 29-36-34
5. Qozogʻiston: 27-23-39
6. Marokash: 15-13-34
7. Indoneziya: 13-14-29
8. Bahrayn: 9-7-7
9. Qirgʻiziston: 8-8-15
10. Jazoir: 7-12-23

Oʻzbekiston hisobiga eng koʻp oltin medalni ogʻir atletikachilar (15-3-6) keltirishdi. Shuningdek, dzyudo (6-2-5), kurash (4-4-10), yengil atletika (4-2-2), taekvondo (4-0-4), kikboks (2-7-12), badiiy gimnastika (2-6-1), suzish (2-5-5), sport gimnastikasi (2-4-2), qilichbozlik (2-3-9), para suzish (2-2-2), veloshosse (2-2-1), karate (2-0-1), velotrek (1-2-3), para yengil atletika (1-0-0), stol tennisi (0-0-1) hamda oʻq otishda (0-0-1) ham sportchilarimiz gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin olishdi.

Ogʻir atletikada Ruslan Nuriddinov, Akbar Joʻrayev, Sarvar Zafarjonov va Tursunoy Jabborova, velosportda Olga Zabelinskaya 3tadan oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Para suzishda Azizbek Boynazarov 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronzani; ogʻir atletikada Adhamjon Ergashev 2 ta oltin va 1 ta kumushni delegatsiya hisobiga yozdirib qoʻydi.

Bellashuvlarning soʻnggi kunida 47 yoshli afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan oʻrin oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты