Huawei 2
Vladivostok-2022: Yosh sportchilarimiz 2 ta oltin medal qo'lga kiritishdi

Xabaringiz bor, bugun, 30-iyul kuni “Osiyo bolalari” sport oʻyinlarining 2-kunida bir nechta sport turlari boʻyicha medallar oʻynalmoqda. Hamyurtlarimiz stol tennisi, taekvondo, badiiy gimnastika boʻyicha medallar uchun kurashishmoqda.

Hozirga qadar 2 nafar delegatsiyamiz vakili oltin medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Taekvondochi Zebiniso Hoshimjonova -44 kg vazn toifasida bahs olib bordi va barcha raqiblarini magʻlub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

Shuningdek, yana bir taekvondochimiz Shamsiddin Qurbonov oltin medalga sazovor boʻldi. -48 kg vazn toifasida jang qilgan Qurbonov barcha raqiblari ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi. Oldind bizni yana bir final kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga