Xitoyning Xanchjou shahrida 19-Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugundan musobaqada kurash bo‘yicha bellashuvlar start oldi.
Kun o‘zbekistonlik polvonlar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bugun vakillarimiz musobaqada 4 nafar sportchi bilan ishtirok etishgandi.
E’tiborlisi, ularning 3 nafari oltin medalni, bir nafari esa kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoamiz safida sovrindor bo‘lgan kurashchilarimiz ro‘yxati:
-66 kg: Artyom Shturbabin (oltin)
+90 kg: Muhsin Hisomiddinov (oltin)
-52 kg: Hilola Ortiqboyeva (oltin)
-52 kg: Sitora Elmurodova (kumush).
Osiyo o‘yinlarida kurash bahslari 1 va 2-oktyabr kunlari ham o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10319 | Инструменты