Qarorga ko‘ra, Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyati velosport bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularni terma jamoalarga yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
2027-2028 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internatida paravelosport yo‘nalishidagi o‘quvchilar qamrovi maktab-internatning umumiy kontingenti doirasida 20 foizga yetkaziladi. 11-noyabr kuni Prezident bu bo'yicha qarorni imzoladi.
Respublika velosport mahorat maktab-internatining umumiy kontingenti 6–11-sinflardan iborat bo‘lgan 100 nafar o‘quvchi-sportchidan iborat miqdorda saqlab qolinadi.
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari doirasida velosport bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazib boriladi.
2027/2028 o‘quv yiliga qadar Respublika velosport mahorat maktab-internati tomonidan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan birgalikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari foydalanadigan video-mahsulotlar yaratiladi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2027 yil martdan boshlab tajriba-sinov tariqasida “Toshkent tajribasi” sifatida hududdagi zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarini 2027–2028 yillarda bosqichma-bosqich velosipedlar bilan ta’minlash va trenerlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish amaliyoti joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111218 | Инструменты