Huawei 1
Yunon-rum kurashi: Milliy terma jamoa bosh murabbiyi o‘zgardi

O‘zbekiston terma jamoasi safida 2015 yil Las-Vegas va 2019 yil Qozog‘istonda o‘tgan jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlarida uch marotaba g‘olib va sovrindorlikka erishgan Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.

Taʼkidlash lozimki, R.Assakalov sportdagi faoliyati davomida uch karra Osiyo chempioni va to‘rt karra sovrindori bo‘lgan. “Boku-2017” va “Konya-2021” Islom birdamlik o‘yinlarida bronza va oltin medallarni qo‘lga kiritgan kurashchi sanaladi.  

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiylar shtabiga oldinroq yana bir iqtidorli kurashchi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ham jalb etilgan edi.  

Eslatib o‘tamiz bugungacha yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Ravshan Ro‘ziqulov faoliyat ko‘rsatib kelgandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты