Huawei 2

2018 yil 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyada jahon muxlislari tomonidan intiqib kutilayotgan, FIFA sha'feligidagi dunyoning eng nufuzli xalqaro turniri bo'lgan futbol bo'yicha Jahon chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi.

Sayyoramizning barcha nuqtalarida bo'lgani kabi, mazkur musobaqani O'zbekistondagi millionlab futbol ishqibozlari ham orziqib kutishmoqda. Afsuski, o'yinlarni bevosita stadionlarda turib tomosha qilish imkoniyati hammaga ham nasib etmaydi. Aksariyat muxlislar, albatta, o'zlarining yoqtirgan jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni televizor ekranlari orqali kuzatishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi hududida FIFA-2018 Jahon chempionati musobaqalari va bunga bog'liq boshqa dasturlarni translyatsiya qilish uchun eksklyuziv huquqiga «UzReport» Axborot Agentligi ega bo'ldi. «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari o'zbek muxlislariga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining barcha uchrashuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi. Eslatib o'tamiz, chempionat doirasida 64 ta uchrashuv, shu jumladan: guruh bosqichining 48 ta uchrashuvi va pley-off bosqichining 16 ta uchrashuvi o'tkaziladi.

«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» da futbol uchrashuvlarini tomosha qilishning qo'shimcha afzalligi - sharh tilini (rus yoki o'zbek tili) tanlash imkoniyatining mavjudligidir. Tomoshabinlar uchun yana bir syurpriz sifatida Rossiya sport sharhlovchiligi yulduzlari bilan uchrashuv hisoblanadi. Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelagin «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarining sharhlovchilari bilan Jahon chempionatini birgalikda sharhlash uchun Toshkentga tashrif buyurishadi.

O'yinlarning jonli translyatsiyalaridan tashqari, har ikki telekanalning tomoshabinlari kunning natijalariga bag'ishlangan «Highlights» dasturini tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Unda o'tgan o'yinlarning eng yorqin va hayajonli daqiqalari, terma jamoalar o'yinchilari va murabbiylari haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, FIFA-2018 rekordlari va qiziqarli ma'lumotlar taqdim etiladi.

Chempionat arafasida esa «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarida 16 ta qismdan iborat bo'lgan «Mundial sari yo'l» filmning namoyishi boshlandi. Filmda har bir milliy terma jamoa Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rgani, bu tayyorgarlikda futbolchilar va murabbiylar qanday qiyinchiliklarga duch kelishgani haqida so'z boradi. Uning namoyishi 13 iyulga qadar davom etadi va futbol muxlislari uchun haqiqiy sovg'a bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimizda UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali FIFA-2018 Jahon chempionati teletranslatsiyalarining rasmiy hamkori «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ hisoblanadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: Jahon chempionati haqidagi yangiliklarni onlayn rejimda uzatish uchun «UzReport» Axborot Agentligining uzreport.news saytida yangi ochilgan - FIFA2018 sahifasida kuzatib borish mumkin. Shuningdek, «UzReport» Axborot Agentligi yangiliklarini Facebook (fb.com/futboltv.uz) ijtimoiy tarmog'idagi va Telegramdagi rasmiy kanali (t.me/FUTBOLTV) orqali ham kuzatish mumkin.

Mavzuga oid xabarlar: 1

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarining jonli efirlarida FIFA-2018 o'yinlarini tomosha qiling!

«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari o'zbek muxlislariga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining barcha uchrashuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi.


Tepaga