Sankt Peterburg shahridan Oʻzbekistonga “AFROSIYOB” poyezdi olib kelinayotgani ma'lum bo'ldi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda zamonaviy poyezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirlanayotganini ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 30-iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema iyul oyining birinchi oʻn kunligida Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib kelgan.
2021-yil 20-iyul kuni “AFROSIYOB” poyezdi Sankt Peterburg shahridan Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqqan.
Bundan 10 yil ilgari, anirogʻi 2011-yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “AFROSIYOB” zamonaviy poyezdi olib kelingan edi.
Yana sanoqli kunlardan soʻng mamlakatimizda bunday poyezdlar soni beshtaga yetadi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72509 | Инструменты