Jizzax shahrida INNO texnoparki barpo etiladi, deya xabar qilmoqda Innovatsion rivojlanish agentligi.
Loyiha haqida pudratchi va loyiha tashkilotlariga ma’lumot berish maqsadida, dastlab, 17-yanvar kuni Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IK majlislar zalida va 18-yanvar kuni Jizzax shahridagi IT-park binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, obyektni qurish ishlar boshlanishi tender o‘tkazilganidan so‘ng, mart oylarida boshlanadi.
Mazkur INNO texnopark loyihachisi “D&B Masters” kompaniyasi hisoblanadi. Bugungi kunda texnopark uchun Jizzax shahri “Sangzor” MFY hududidan 7294 m2 maydonda bino qad rostlashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko'ra, Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida 2023-2026-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91822 | Инструменты