Samsung hamyonbop smartfon yaratadi
Bu yil Samsung flagmanlari orasida birdaniga uch xil modeldagi – Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra smartfonlari taqdim qilindi. Ammo kompaniya bu bilan to'xtab qolishni reja qilmaganga o'xshadi: Samsung to'plamni Galaxy S20 Lite smartfoni bilan to'ldirish niyatida.
Yangi Galaxy S20 Lite o'z “aka-ukalari” kabi Snapdragon 865 protsessorida ishlaydi. Ammo ulardan farqli tomoni uning hamyonbop protsessor bilan ta'minlanganidir. Narxi hamyonbop smartfon SM-G781B model raqami ostida ishlab chiqariladi. Smartfonning operativ xotirasi 6 Gb.ni tashkil qiladi.
Kompaniya ushbu telefonning displeyida ham tejamkorlikka yo'l qo'ygan. Displey nisbatan kichikroq va 120 Gs. yangilanish tezligini quvvatlamaydi. Kamera ham nisbatan oddiylashadi. Uchta kamera o'rniga ikkitasi o'rnatiladi. Smartfon yanada arzon bo'lishi uchun afsuski, kamera sifati ham pasaytiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71612 | Инструменты