Sherzod Shermatov: "Bugungi kunda IT-mutaxassislari oyiga 4 ming dollargacha ishlab topishi mumkin"

Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent yoshlar forumi – 2021 doirasida IT-sohaning ahamiyati, sohadagi vakansiyalar, IT-mutaxassislarining maoshi to'g'risidagi masalalarga to'xtalib o'tdi.

«Agar ilgari abituriyent oliygohdagi IT-yo'nalishni tanlasa, bu hech kimga kerak bo'lmasligiga ishora bo'lardi. Bugun esa soha hayotimizning barcha jabhalarida kerak bo'lishiga hes kim shubha qilmaydi. Pandemiya esa buni isbotladi.

Bugungi kunda IT-mutaxassislarning ish haqi yetarlicha raqobatbardosh, oyiga 4 ming dollargacha ishlab topish mumkin. Hozirgi vaqtda, masalan, O'zbekistonning turli IT-kompaniyalarida 440 ta bo'sh ish o'rinlari mavjud”, - dedi Sherzod  Shermatov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121806 | Инструменты