Toshkentda Huawei tomonidan Markaziy Osiyo Ikkinchi yillik Innovatsiyalar kuni o'tkazildi

Huawei`ning Markaziy Osiyo Ikkinchi yillik Innovatsiyalar kuni: raqamli Markaziy Osiyoni barpo etish va intellektual jamiyat sari harakatlanish nomli tadbir poytaxtimizda bo'lib o'tdi.

Unda Turli mamlakatlar hukumat xodimlari, sanoat va ilmiy doira vakillarining qariyb 200 nafari raqamli infratuzilmaning iqtisodiy o'sishga ta'siri, oddiy odamlar hayotini yengillashtirish va boyitish, innovatsion loiyhalar ishlab chiqarishni rag'batlantirish va umumiy muvaffaqiyat ekotizimini yaratish kabi mavzularni muhokama qilish uchun bir joyga yig'ildi.

Dunyoning eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biri bo'lmish Markaziy Osiyo sanoatdagi keskin raqamlashuv bilan to'qnashmoqda, raqamli iqtisod esa kun sayin jadal rivojlanmoqda. O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi markazining direktori Akmal Burxonov mamlakatimizda sanoatning ayni damdagi holati haqida ma'ruza qildi.

«Innovatsion kunning» O'zbekistonda o'tkazilishi o'z vaqtida bo'ldi, deb aytish mumkin. Chunki, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kuni kecha 2019−2021 yillarda mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi"ni tasdiqlandi. Uning asosiy maqsadi - mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hisoblanadi. Bosh maqsadga erishishda strategiyaning asosiy vazifalari qatorida O'zbekistonning 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 50 ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilandi. Ushbu kunda taqdim etiladigan qo'shma loyihalar va yangi takliflar nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasining innovatsion rivojlanishiga katta turtki beradi degan umiddamiz» - deya ta'kidladi Akmal Burxonov.

Huawei Katta vitse-prezidenti janob Viktor Chjan ham Markaziy Osiyoni raqamlashtirishga oid takliflar va tavsiyalarni o'z ichiga olgan hisobotni taqdim yetdi. O'z nutqida u Markaziy Osiyo davlatlari, keng polosali simli va mobil aloqa, jumladan, ularning telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, turli sohalardagi nosozliklarga chek qo'yish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish (OTT) uchun har tomonlama qo'mak va qo'llab-quvvatlash bilan ta'minlash kerakligini ta'kidladi. Nazorat organlari yanada ko'proq investitsiyalar jalb etish yo'lida MBB operatorlari va OTT rivojlanishini rag'batlantirish uchun yanada qulayroq siyosat olib borish zarur ekanligini ta'kidlashdi.

Janob Viktor Chjan davlatlarni "aqlli" hukumatni yaratish uchun asos bo'lgan davlat organlaridagi ichki jarayonlarni imkon qadar erta raqamlashtirishga va keyinchalik asta-sekin shaharlarning elektron hukumatini joriy etishga o'tishga chaqirdi. Ushbu sohalarda Huawei mahalliy operatorlar va hamkorlar bilan birgalikda ishlashga tayyor ekanligini va eng yaxshi yechimlarni topishga yordam berishini aytib o'tdi.

Huawei Innovatsiyalar kuni Markaziy Osiyodagi raqamli ekotizimni barpo etishga jalb qilingan asosiy manfaatdor tomonlar o'rtasida keng qamrovli muloqotni amalga oshirish uchun platformaga aylanib ulgurdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar navbatdan tashqari davra suhbatida raqamli transformatsiya jarayonida hukumatlarning o'rni va mavqei haqida fikr almashdi.

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida Huawei va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birgalikda "O'zbekistonda iqtidorli o'quvchilarni tayyorlash dasturi"ni taqdim etdi. Loyiha shartlariga ko'ra, yaqin uch yil ichida Huawei kompaniyasi mazkur universitet bilan onlayn ta'lim orqali AKT sohasida taxsil oluvchi mingga yaqin yosh iqtidorli talabalarga bilim berishni yo'lga qo'yadi. Umuman olganda, "Kelajak Nixollari" deb nomlangan loyiha sanoat va boshqa sohalarda elektron hukumatni va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bulutli yechimlar, raqamlashtirishni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni yaratishga hissa qo'shish yo'lida O'zbekiston uchun yosh iste'dodlar bazasini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan.

2013-yildan boshlab Huawei Innovatsiyalar kunlari London, Milan, Myunxen, Parij, Singapur, Sidney, Kuala-Lumpur, Dubay va San-Paulu shaharlarida o'tkazilmoqda. Huawei ochiqlik, innovatsiya, hamkorlik va muvaffaqiyatlari sari harkatlanadi va ularni targ'ib qiladi. Kompaniya barcha foydalanuvchilar uchun, ular qayerda bo'lishidan qat'iy nazar - uydami yoki muassasadami, raqamli texnologiyalardan foydalanishning teng imkoniyatlarini yaratish uchun zarur sharoitlar yaratishga intiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32302 | Инструменты