Huawei 1
19 – fevral kuni Butunjahon kitlar va dengiz jonivorlari kuni

Ko'p yillardan buyon 19-fevral sayyoramizda Butunjahon kitlar va dengiz jonivorlari kuni sifatida nishonlanadi. U 1986-yilda tashkil etilgan, 200 yil davomida tinch dengiz gigantlarini shafqatsizlarcha yo'q qilinishidan so'ng, Xalqaro kit komissiyasi kit ovlashni taqiqlagan.

Bu moratoriy hozirda ham faoliyat yuritmoqda va butun dunyo bo‘yicha kitlarni ovlash hamda go‘shtini sotishni taqiqlab kelmoqda. 

Hozirgi kunda kitlarni ovlash faqat mahalliy aholi (aborigenlar) ehtiyojini qondirish va ilmiy maqsadda Xalqaro kitlar komissiyasi aʼzolari ruxsati bilan ovlash mumkin. 

Eng avvalo Kitlar kuni bu – keng jamoatchilikni, hukumat aʼzolari va butun insoniyatni barcha suv jonzotlarining himoyasiga eʼtiborini tortishdir. 

Hozirgi kunda bizning sayyoramizda suv jonivorlarining 119 dona turi saqlanib qolindi. Kitlar va dengiz jonzotlarining shafqatsiz va jadal qirib tashlanishi 200 yildan beri davom etib kelishi natijasida ko‘plab turlarning yo‘qolib va kamayib ketishiga olib keldi.

Vaholanki, ular – sayyoramimzdagi dengiz tarkibining tuzilishi bo‘yicha eng zo‘r indikatorlar hisoblanadi. Ular ekologik tizimning biologik aylanishini barqarorlashtirib turadilar. Shuning uchun bu jonivorlarning kamayib ketishi dengiz ekotizimining biologik maromining buzilishiga olib keladi.

Axir har bir yo‘qolgan tur – bu qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir- hayvonot olamidagi barcha yo‘qotishlar – butkul yo‘qotiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21902 | Инструменты