Huawei 2
2023-yil uchun dunyodagi eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

Dunyo aviakompaniyalari va aeroportlarini baholash bilan shug‘ullanuvchi Skytrax Britaniya kompaniyasi sayohatchilar tomonidan ovoz berilgan 2023-yil uchun dunyodagi eng yaxshi aeroportlari reytingini e’lon qildi.

1-o‘rinni Singapurning Changi aeroporti egalladi. 2023-yilda Changi xalqaro aeroporti Skytrax konsalting kompaniyasi tomonidan o‘n ikkinchi marta dunyoda eng yaxshi aeroporti deb topildi. 2016-yilda 66 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan Changi 2025-yilga kelib bu sonni 135 millionga oshirishni rejalashtirmoqda. O‘tgan yili Changi an’anaviy pasport tekshiruvlaridan voz kechib, yuzni tanish tizimi ya’ni FaceID ga o‘tdi. Aeroportda , kapalaklar bog‘i, kinoteatr va dunyodagi eng baland yopiq sharshara mavjud. 15 000 dan ortiq xodimga ega Changi aeroporti Singapurdagi eng yirik ish beruvchi hisoblanadi.  

2- o‘rinda Qatar poytaxti Doha shahridagi Hamad xalqaro aeroporti. 2023-yilda Hamad aeroporti rekord darajadagi 45 million yo‘lovchini qabul qildi. Doha markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan Hamad aeroporti Qatarni dunyoning qolgan qismi bilan qulay tarzda bog‘laydi va bu uning global transport markazi sifatidagi strategik ahamiyatini namoyon etadi.    

3-o‘ringa Tokio Xaneda xalqaro aeroporti qo‘yildi. Tokiodagi Xaneda xalqaro aeroporti Yaponiyaning eng gavjum aeroporti va dunyodagi to‘rtinchi yirik aeroportdir. U har yili 60 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.    

4-o‘rinni Janubiy Koreyaning dunyodagi eng innovatsion va tez rivojlanayotgan aeroportlardan biri Inchxon egalladi. Inchxon xalqaro aeroporti orqali har kuni 170 mingdan ortiq yo‘lovchi o‘tadi. Aeroport 43 mamlakatning 107 ta shahrini bog‘laydi va xalqaro aviakompaniyalar uchun muhim markaz hisoblanadi.    

5- o‘rinda Yevropaning eng yirik va eng gavjum aeroportlaridan biri bo‘lgan Sharl de Goll aeroporti. Noyob dizayn va arxitekturaga ega  Sharl de Goll aeroporti o‘zining uchta terminali bilan mashhur bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos dizaynga ega. Havo bandargohi Fransiya iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi, 90 000 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlagan hamda mamlakatning eng yirik va Yevropadagi uchta yetakchi aeroportdan biri hisoblanadi.  

Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqori o‘rinni Bok-u aeroporti egallagan — 53-o‘rin.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga