Huawei 1
Afg‘onistonda 286 ming dollarlik yangi to‘g‘onni suv yuvib ketdi

28 may kuni Afg‘onistonning Xost viloyati Gurbez tumanida joylashgan yangi suv omborining to‘g‘oni ochilganidan bir necha kun o‘tib, kuchli yomg‘ir va sel oqibatida vayron bo‘ldi. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Xostdagi hokimiyati matbuot kotibi Mustag‘fir Gurbez X‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu suv ombori qattiq yomg‘ir va sel oqimlari tufayli buzilib ketgan. Ombor to‘g‘onining uzunligi 51 metr, balandligi esa 16 metr bo‘lib, suvni saqlash maqsadida qurilgan bo‘lgan.

Inshoot Xost viloyatida joylashgan Lijiy hududida qurilgan bo‘lib, joriy yilning 21 may kuni “Tolibon” muvaqqat hukumatining suv va energetika vaziri Abdulatif Mansur tomonidan rasman ochilgan 6 ta loyihadan biri bo‘lgan. U umumiy qiymati 55 million afg‘oniy (qariyb 800 ming dollar) bo‘lgan ushbu loyihalar doirasida qurilgan.

Suv ombori vayron bo‘lganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar “Tolibon” hukumatini tanqid qilib, texnik va muhandislik sohalarida malakali mutaxassislar emas, balki yollanma shaxslar tayinlanayotganini bildirgan. Ularga ko‘ra, shu kabi loyihalarda mutaxassislikning yetishmasligi sababli, mamlakat mablag‘lari zoye ketmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53011 | Инструменты