Huawei 1
Afg‘onistonda Sosoniylar davriga oid 75 ta tanga va bitta ko‘za topildi

Joriy yil 11-mart kuni Afg'onistondagi Bag‘lon shahar axborot va madaniyat bo‘limida mamlakat madaniy merosini muhofaza qilish milliy kuni nishonlandi

Bog'lon viloyati axborot va madaniyat mudiri Maulvi Asadulloh Mustafo Hoshimiy o'tkazilgan yig'ilishda bu oyda Sosoniylar hukmronligi davriga oid 1800 yildan oshiqroq vaqtga oid 75 tanga va bir ko'za topilganini qayd etib o'tdi. 

Hoshmiyning qo‘shimcha qilishicha, bu tangalarni viloyat aholisi qishloqlarga olib boruvchi yo‘llarda qurilishda ishlayotgan paytda topib olgan.

Bag‘lon viloyati boshqarmasi rahbari Maulvi Lal Jan Rashidning aytishicha, viloyat rahbariyati tarixiy obidalarni asrab-avaylash va suv havzalarini tiklashga jiddiy e’tibor qaratishga harakat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62808 | Инструменты