Huawei 2
Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi

Afg‘onistonning Hirot va Tahor viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi dalalariga chigirtkalar hujum qildi. Bu haqda Atlas Press xabar berdi.

Hirotning Keshk Rabatsangi tumani aholisiga ko‘ra, 20 dan ortiq qishloqqa chigirtkalar bostirib kirgan. Aholi dalalaridan xavotirda ekanliklarini aytmoqda. “Tolibon” chigirtkalar hujumini tasdiqlab, ularga qarshi kampaniya boshlaganini ma’lum qilgan.

Tahor viloyatidagi dehqonlar va aholi millionlab chigirtkalar qishloq xo‘jaligi ekinlarini vayron qilayotganini ta’kidlagan.

"Fermerlar “Tolibon” hukumati chigirtkalar barcha ekin maydonlariga zarar yetkazishdan oldin ularga qarshi chora ko‘rishini istaydi", — deyiladi xabarda.

Qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan afg‘on fermerlari uchun chigirtkalar bosqini qo‘shimcha muammoni yuzaga keltirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga