Aksariyat amerikaliklar Baydenni yangi muddat uchun "juda qari" deb hisoblamoqda

AQShda saylovchilarning 86 foizdan ortig'i 81 yoshli prezident Jo Baydenni qayta saylanish uchun "juda qari" deb hisoblaydi. 9-10-fevral kunlari ABC News/Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnoma natijalari shundan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga, respondentlarning 59 foizi Bayden bilan birgalikda AQShning sobiq prezidenti Trampning ham yoshini tanqid qildi.

Respondentlarning 27 foizi faqat Baydenning o'zi yangi prezidentlik muddati uchun juda qari, degan fikrda.  Mustaqil saylovchilar orasida bu ko‘rsatkich Bayden uchun 91 foiz, Tramp uchun esa 71 foizni tashkil etmoqda. 

Xuddi shu so'rov natijalariga ko'ra, amerikalik saylovchilarning aksariyati Tramp mamlakat chegaralarini Baydenga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, iqtisodiyot, jinoyatchilik va inflyatsiya kabi masalalarda amerikaliklar Baydendan ko‘ra ko‘proq Trampga ishonmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты