Huawei 1
AQSh G7 yig‘ilishida Rossiyaga qarshi ritorikadan qochishga chaqirdi

AQSh 12-14 mart kunlari Kanadaning Kvebek provinsiyasi Sharlevua shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yettilik guruhi» (G7) davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Rossiyaga nisbatan «dushmanlik» ritorikasini qo‘llashning oldini olmoqchi. Bu haqda 10 mart, dushanba kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi. «Bizning fikrimizcha, dushmanona ritorika ba’zan muzokaralarda nizolashayotgan tomonlarni jalb qilishni qiyinlashtiradi», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.

Shu bilan birga, Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushni tartibga solishda aniq bir tomonni qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketmayapti. «Katta yettilik»ning boshqa tashqi ishlar vazirlari boshqacha fikrda bo‘lishi mumkin, ammo hozirda Vashington muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ta’minlay oladigan yagona tomon, dedi AQSh davlat kotibi.

Avvalroq Bloomberg agentligi «Katta yettilik» qo‘shma bayonoti loyihasi bo‘yicha muzokaralar chog‘ida AQSh Xitoyga nisbatan so‘zlarni qat’iylashtirish va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qoidalarni yumshatishni talab qilgani haqida xabar bergan edi. Xususan, Vashington «sanksiyalar» so‘zini olib tashlashni, «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush olib borish qobiliyati» degan so‘zni «daromad olish» so‘zlari bilan almashtirishni talab qildi. Bundan tashqari, agentlik tomonidan ko‘rilgan asosiy kommyunike loyihasidan Rossiya tajovuzkorligi haqidagi har qanday eslatma olib tashlandi. Buning o‘rniga matnda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun «barcha sa’y-harakatlar» olqishlanadi, deb yozadi Bloomberg.

Saudiya Arabistonida AQSh-Ukraina muzokaralari

Marko Rubio o‘z bayonotini 11 mart, seshanba kuni Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida Rossiya hujumiga uchragan mamlakatda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish rejalariga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoniga parvozi chog‘ida aytdi. Jiddadagi uchrashuv Amerikaning Ukrainaga harbiy yordamini qayta tiklash uchun «muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», dedi AQSh davlat kotibi.

Kiyev AQSh rasmiylari bilan muzokaralar chog‘ida Rossiyaga havoda va dengizda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilishi kutilmoqda, dedi AFP'ga ismini oshkor etmagan ukrainalik rasmiy. «Bizda osmonda va dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifimiz bor, chunki bular amalga oshirish va kuzatish oson bo‘lgan variantlar», dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31205 | Инструменты