Cruise robot taksilar startapi rahbari Kayl Vogt San-Fransiskoda tunu kun faoliyat yuritishni boshlaganini ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, tez orada AQShning boshqa shaharlarida ham to’laqonli Cruise robot-taksi tarmog’i paydo bo’lishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot o’rnida, Cruise 2013-yilda tashkil etilgan. So’nggi o’n yil ichida General Motors tomonidan qo’llab-quvvatlangan kompaniya Kaliforniya shtatida kengayishda sezilarli yutuqlarga erishdi.
Shuningdek, San-Fransiskoda boshlangan startap o’sha paytdan beri Feniks, Arizona va yaqinda Ostin, Texas shtatlarigacha kengaytirildi.
2023-yil fevral oyida Cruise bosh direktori va muassisi Kayl Vogt robot-taksi rulda haydovchisiz 1 million mil yo'l yurganini ma'lum qilgan edi.
Aytib o’tish lozimki, San-Fransiskoda faqat kompaniya xodimlari sayohat qilishlari mumkin. Oddiy aholi uchun 22:00 dan 5:30 gacha shahar hududining atigi uchdan bir qismiga harakatlanish xizmati mavjud xolos. Vogt jamoatchilik uchun 24 soatlik sayohatlar tez orada joriy qilinishini qo’shimcha qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71612 | Инструменты