Huawei 2

Elchixona majmuasiga kamida uchta “Katyusha” raketasi otilgan. Bu Isroil va Xamas o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga qilingan birinchi hujum.

AQShning Iroq poytaxti Bag‘doddagi elchixonasi 8-dekabr, juma kuni ertalab kamida uchta raketa hujumiga uchradi. “Mahalliy vaqt bo‘yicha taxminan 4:20 da Amerika elchixonasini nishonga olgan uchta Katyusha raketasi Dajla daryosi yaqinidagi yashil maydon yaqiniga tushgan”– dedi Iroq xavfsizlik kuchlari vakili.

O‘z navbatida, amerikalik harbiy mulozim nomini oshkor qilmaslik sharti bilan xalqaro aksilterror koalitsiyasi qo‘shinlari joylashgan AQSH elchixonasi va UNION III harbiy bazasi yaqinida sirenalar yangragani va “portlash tovushlari” eshitilganini aytgan.

Bag‘doddagi Amerika diplomatik vakolatxonasiga qilingan hujum uchun hozircha hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Bu oktyabr oyi boshida Isroil va Falastinning XAMAS terror harakati o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri AQShning Iroq poytaxtidagi elchixonasiga qilingan birinchi hujum.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga