AQSHning yangi prezidentini yangi muammolar kutmoqda
AQSHda noyabr oyida bo’lishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarida g’alaba qozonuvchi nomzodni kam ta’minlangan va pandemiya sabab ishsiz qolgan millionlab fuqarolar kutib turibdi.
Saylovda respublikachilardan nomzod Donald Tramp yoki demokratlardan nomzod bo’lgan Jo Bayden g’olib bo’ladimi, hozircha aniq emas, ammo pandemiya sabab ishidan ayrilgan 22 million fuqaroning deyarli yarmi xali ham ish topa olmadi.
Mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlari kundan kunga oshib bormoqda, yangi ish o'rinlari uchun ishga qabul qilish darajasi esa zaiflashgan. Mehmonxonalar, transport kompaniyalari xodimlari va oziq-ovqat yetkazib beruvchilar uchun ish o’rinlari qisqartirilishi ham davom etmoqda. Shuningdek, hukumat tomonidan ajratilgan yordam pulining muddati ham tuugab bormoqda.
Kongressdagi demokratlar pandemiyaga qarshi kurashda $2trln miqdoridagi yordam puli to’g’risida kelishib olishga harakat qildilar, ammo respublikachilarning aksariyati buunga rozilik bermadilar. Ehtimol ushbu kelishuv 2021 yildan oldin amalga oshar, ammo ko’pchilik fuqarolar uchun bu juda kech bo’lishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43007 | Инструменты