Huawei 1
Armaniston va Ozarbayjon ilk bor chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Armaniston va Ozarbayjon ilk bor chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev ma’lum qildi.

Bayonotlarda ta'kidlanganidek, tomonlar to'rtta aholi punkti o'rtasida "chegara chizig'ining alohida uchastkalarini o'tkazish to'g'risida oldindan kelishib oldilar. 

Amalga oshirilgan delimitatsiya aslida Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan va 1990-yillardan beri Armaniston nazorati ostida boʻlgan toʻrtta qishloqning Ozarbayjon tasarrufiga oʻtkazilishini anglatadi.

Tomonlar yaqin vaqt ichida kelishilgan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqib ketish va u yerda chegara xizmatlarini joylashtirishga kelishib oldilar.

Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi chegara ming kilometrga yaqin. Bu davlatlar 1991-yilda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tufayli mustaqillikka erishganidan beri u hech qachon delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga