Huawei 1
"Biz Rossiya bilan ham, rus xalqi bilan ham urush holatida emasmiz" - Emmanuel Makron

Fransiya Rossiya bilan urushayotgani yo'q. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X (sobiq Twitter) Yelisey saroyi sahifasida translyatsiya qilingan Xitoy rahbari Si Szinpin bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Biz Rossiya bilan ham, rus xalqi bilan ham urush holatida emasmiz. Biz, shuningdek, Rossiyada hokimiyatni almashtirishga intilmayapmiz", - dedi Makron.

Shu bilan birga, Fransiya rahbari Yevropa Ittifoqi davlatlari “Ukrainani zarur bo‘lgan vaqtgacha qo‘llab-quvvatlashga” tayyorligini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga