Huawei 1
Bloomberg: “Mongoliyaga tashrifi chog‘ida Putinga daxlsizlik kafolatlangan”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mongoliyaga rasmiy tashrifi oldidan Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olinmasligi haqida kafolat oldi. Bu haqda Bloomberg agentligi tayyorgarlik jarayoni bilan tanish bo‘lgan ikki manbaga tayanib xabar berdi.

“Putinning hibsga olinish xavfi yo‘q. Xorijga safar qilishdan oldin muzokaralar davomida bir qator masalalar bo‘yicha oldindan kelishuvga erishiladi va qabul qiluvchi tomon na Putin, na delegatsiyaning boshqa a’zolari hibsga olinmasligiga 100 foiz kafolat beradi”, deya siyosatshunos Sergey Markov so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bloomberg.

Rossiyalik siyosiy texnolog Stanislav Belkovskiyga ko‘ra, “Putin Xitoy xavfsizlik kafolatlari bilan himoyalangan Mongoliyaga safar qilmoqda. Mongoliya AQSH bilan qarama-qarshilikka kirishni istamasa ham, Xitoyga qarshi chiqmaydi”.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Kreml prezidentning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatga tashrifidan xavotirda emasligini ma’lum qilgan.

“Yo‘q, tashvishlanmang. Mongoliyalik do‘stlarimiz bilan ajoyib muloqotdamiz”, dedi u.

Peskov, shuningdek, Rossiya tomoni Mongoliya rahbariyati bilan “XJS tomonidan berilgan order bo‘yicha” muzokara olib borganmi, degan savolga ijobiy javob bergan:

“Albatta, tashrifning barcha jihatlari puxtalik bilan tayyorlangan”.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты