Huawei 1
Bloomberg: Turkiya BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi

Turkiya hukumati bir necha oy oldin BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Bu haqda manbalariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, shu yo‘l bilan Turkiya dunyoda o‘z ta’sirini kuchaytirish va rivojlanayotgan davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga intilmoqda. Bundan tashqari, BRICS'ga qiziqish Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha progress yo‘qligi va NATO ittifoqchilari bilan kelishmovchiliklar fonida paydo bo‘ldi.

Bloombergga ko‘ra, mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arb geosiyosiy markaz sifatidagi mavqeini yo‘qotmoqda va ko‘p qutbli dunyoning turli o‘yinchilari bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor, deb hisoblaydi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, assotsiatsiyani kengaytirish masalasi 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ko‘rib chiqilishi mumkin.

BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika unga a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya raislik qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71611 | Инструменты