Huawei 1
BMT kelasi hafta Jenevada Rossiya delegatsiyasi bilan don kelishuvini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining rasmiy vakili Farhan Haqning ma’lum qilishicha, don bo’yicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun kelasi hafta Rossiya delegatsiyasining Jenevaga tashrifi kutilmoqda.

"Bu keyingi qadam va biz bundan tashqari boshqa tashabbuslarni amalga oshirish kerakmi yo’qmi ko’rib chiqamiz… Bosh kotib Rossiya o’g’itlarini eksport qilish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etadi”, — dedi Haq.

Ma’lumot o’rnida, don bo’yicha kelishuv 2022-yilning iyul oyida Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT tomonidan imzolangan. Unda don eksporti uchun Ukraina portlarini ochish va Rossiya o’g’itlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish nazarda tutilgan edi. Kelishuv joriy yilning 18-mart oyida tugashi kerak.

Ammo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika Qo’shma Shtatlari ushbu kelishuvni uzaytirish va kengaytirishga chaqirmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa G’arbni kelishuvni sabotaj qilishda aybladi. Moskva Ukraina g’allasi va’da qilinganidek, eng qashshoq mamlakatlarga ketmayotganini, Rossiya eksporti yo’lidagi to’siqlar saqlanib qolayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71008 | Инструменты