Huawei 1
Don bitimi ishtirokchilari shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni qayta boshladilar

G’alla bitimi ishtirokchilari (Turkiya, BMT, Ukraina va Rossiya vakillari) Istanbulda ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari o’rinbosarlarining kelishuvni uzaytirish bo’yicha bo’lajak yig’ilishi kun tartibini va texnik jihatlarni muhokama qildi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

BMT matbuot kotibi o’rinbosari Farhan Haqning ma’lum qilishicha, Istanbuldagi Qo’shma muvofiqlashtirish markaziga kiruvchi Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT vakillari Qora dengiz don tashabbusida yangi kemalarning ishtirok etishiga ruxsat berish borasidagi kelishuvga erisholmagan. Shu bilan birga, avval ruxsat berilgan kemalarni har kuni tekshirish ishlari davom etmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha ishtirokchilarga ularning pozitsiyalarini hisobga olgan holda kelishuvni yaxshilash va kengaytirish bo’yicha takliflar yubordi, deya qo’shimcha qildi Haq.

"BMT barcha tomonlarni munozaralarni davom ettirishga, operatsion qiyinchiliklarni yengishga va tashabbusni to’liq amalga oshirish hamda davom ettirishga undaydi", - dedi u.

Avvalroq Kreml kelishuvni kengaytirish masalasi muhokama qilinmayotganini aytgan edi.

BMT matbuot kotibi o’rinbosari ma’lumotlariga ko’ra, texnik muzokaralar kecha, 5-may kuni Istanbulda bo’lib o’tgan, oliy darajadagi uchrashuvlar esa keyingi haftada o’tkaziladi.

Aytib o'tish lozimki, don shartnomasi 2022-yilning 22-iyulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT tomonidan kelishilgan. Hujjat Ukrainaning Qora dengizdagi portlaridan don eksport qilishni shuningdek, Rossiya qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bo’yicha cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutadi.

Eslatib o'tamiz, 2023-yil mart oyida Ukraina bosh vaziri o’rinbosari Aleksandr Kubrakov don shartnomasi yana 120 kunga uzaytirilganini ma’lum qilgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa bu muddat 60 kunga uzaytirilganini ta’kidlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71214 | Инструменты