Dunyodagi eng boy insonning sobiq rafiqasi eng boy ayolga aylandi
Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzie Skottning boyligi $68 milliard dollarga yetdi va u dunyodagi eng boy ayolga aylandi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Makkenzi turmush o’rtog’i yetakchi bo’lgan milliarderlarning umumiy reytingida 12-o’rindan joy oldi.
Bloomberg agentligi o'tgan yilning yanvar oyida Makkenzining Bezos bilan bilan ajrashganidan so’ng dunyodagi eng boy ayol bo'lishi mumkinligini haqida xabar qilgan edi.
1980-yillarda Jeff Bezos va Makkenzi Skott bir vaqtning o'zida Prinston universitetida ta’lim olishgan, 1992 yilda esa Nyu-Yorkdagi investitsiya fondida ishlab yurganlarida tanishishgan. 1993 yilda juftlik turmush qurib, bir yildan so’ng Sietlga ko'chib o’tishgan. U yerda Jeff Bezos onlayn-savdoga ixtisoslashgan Amazon.com kompaniyasiga asos solgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50422 | Инструменты