Huawei 1
Dunyodagi eng katta aysberg Antarktidadan ajralib chiqdi

Dunyodagi eng katta aysberglardan biri Antarktidadan ajralib chiqdi. Bu haqda Sentinel-1 sun'iy yo'ldoshlari yordamida olingan so'nggi ma'lumotlar orqali ma'lum qilingan.

Antarktidadan ajralib chiqqan  ushbu A-76 nomli dunyodagi eng katta aysberg taxminan 4320 kvadrat kilometr maydonga ega. U maydoni bo'yicha 3640 kvadrat kilometr maydonga ega Ispaniyaning Mayorka orolidan katta hududni egallashi ma'lum qilingan. 

 Aysberg Ueddell dengizidagi Ronne muzligining g'arbiy qismida hosil bo'lgan edi. Uning uzunligi 170 kilometr va kengligi 25 kilometrni tashkil qiladi.

 A-76  birinchi navbatda 3880 kvadrat kilometr maydonni egallagan A32-A aysbergini siqib chiqargan edi. Undan so'ng, uzunligi 1270 kvadrat kilometr bo'lgan A-74ni ham chiqarib yuborgandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты