Dunyodagi eng katta sayohat kemasi dengizga tushirildi, u Titanikdan 5 baravar katta

“Royal Carribian International” kompaniyasi dunyodagi eng katta kruiz (sayohat kemasi)ni foydalanishga topshirdi

Dunyodagi eng yirik kruiz bo‘lishi kutilayotgan bu kema Finlyandiyadagi kemasozlik zavodida qurilishini yakunladi va dengizga sinov tariqasida birinchi marta chiqarildi. 

Unga “ Icon of the Seas” (“Dengizlar ma’budasi”) deb nom berilgan. Kemaning uzunligi 365 metr (deyarli 1200 fut), taxminiy og‘irligi 250 800 tonnani tashkil qiladi. Bu afsonaviy “Titanik” og‘irligidan 5 baravar ko‘p.

“Royal Carribian International” bayonotiga ko‘ra, kema o‘zining birinchi dengiz sinovlarini 22-iyun kuni yakunladi. U 2024-yil yanvar oyida Karib dengizi suvlariga suzib chiqadi va 5610 yo‘lovchi hamda 2350 ekipaj a’zosini sig‘dira oladi. 

Yo‘lovchilar oltita rekord darajadagi suv attraksionlari, yettita basseyn va to‘qqizta jakuzili hovuzda dam olishi mumkin. Kema, shuningdek, dunyodagi eng katta dengizdagi akvaparkga ega.

Shuningdek, “Icon of the Seas” “Royal Carribian International” kompaniyasining suyultirilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan birinchi kemasi bo‘lib, u kompaniyaning toza energiyaga o‘tishida yana bir qadamdir.

Kruiz Finlyandiyaning Turku shahridagi Yevropaning yetakchi kema ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Meer Turku” kemasozlik zavodida qurilmoqda. 

Beylining so‘zlariga ko‘ra, kema 2024-yilgi debyuti oldidan Karib dengizi Qirollik flotiga qo‘shilish uchun yo‘lga otlangan.

Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab “Icon of the Seas” butun yil davomida Mayamidan Sharqiy va G‘arbiy Karib dengizi bo‘ylab yetti kechalik safarga chiqadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41118 | Инструменты