Huawei 1
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari Qatar va Ummon vositachilarini mamlakat Isroilga qarshi javob amaliyotini to‘liq yakunlaguncha hech qanday muzokaralarga kirishmasligini bildirgan.

«Eronliklar Qatar va Ummon vositachilariga shunchaki ma’lumot berib qo‘ydi: ular jiddiy muzokaralarni faqat Isroilning profilaktik hujumlariga javob berilgandan keyin boshlashlari mumkin», — degan manba.

Juma kuni ertalab Isroil Eronga qarshi hujum boshlab, unda Eron harbiy qo‘mondonligidagi yuqori martabali shaxslar yo‘q qilingani va yadroviy obektlariga zarar yetkazilgani aytilgan. 

Eron esa ushbu hujumlarga javoban “do‘zax eshiklarini ochish” bilan tahdid qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61711 | Инструменты