Huawei 1
Eronda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi namoyishchilarga qarata o‘t ochdi

Eronda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Biroq voqea joyidan olingan video internetda tarqalmoqda.

Avvalroq xorijiy OAVlarda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun havoga o‘q uzgani va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgani haqida yozilgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari suv purkagichlardan ham foydalanishgan. Buning oqibatida 9 ta qurbon bo’lganlar haqida xabar berildi.

Norozilik namoyishlari Eronning Kurdiston viloyati markazi Sanandajda 17 sentabrdan beri davom etmoqda. Politsiya bo‘limida 22 yoshli qizning o‘limidan so‘ng bir necha yuz talaba ko‘chaga chiqdi. Qiz hijob o‘rash qoidalarini buzgani uchun hibsga olingan va bo‘limda yurak xurujidan vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91907 | Инструменты